Jahon | 06:12 / 28.09.2015
2598
1 daqiqa o‘qiladi

Obama BMT Bosh assambleyasi davomida Nursulton Nazarboyev va Raul Kastro bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh assambleyasi tadbirlari davomida 29 sentabrda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Kuba yetakchisi Raul Kastro bilan uchrashadi, deb xabar bermoqda Oq uyga tayangan holda Reuters axborot agentligi.

Avvalroq Obama va Kastro AQShning Kubaga nisbatan embargosining kuchsizlantirilgani ortida ikki davlatning kelgusi hamkorligini muhokama qilishgani ma'lum qilingandi.

Kuba rahbari 28 sentabrda BMTda birinchi bor nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish