Jahon | 22:39 / 28.09.2015
3501
2 daqiqa o‘qiladi

Putin “IShID”ga qarshi kurashda sa'y-harakatlarni birlashtirishga undadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqida “IShID” terrorchilik guruhi “ekspansiyasini kengaytirmoqda hamda islom dunyosida va nafaqat u yerda hukmronlik qilishga intilmoqda”, deb aytdi.

Putinning aytishicha, “Yaqin Sharqdagi siyosiy va ijtimoiy muammolar anchadan berib yetilib kelgan va odamlar o‘zgarishlarni istashgan. Biroq tajovvuzkorona tashqi aralashuv turmush tarzining barbod bo‘lishiga olib keldi”. Putin “IShID” safida “AQShning tajovvuzi oqibatida ko‘chalarda paydo bo‘lgan” sobiq iroq harbiylari jang qilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

“IShID” bo‘sh joyda paydo bo‘lgani yo‘q”, deb aytdi Putin.

Putin “giyohvand moddalar, neft va qurol-aslaha sotish kabi terrorchilarni moliyalashtirish kanallariga ko‘z yumib bo‘lmasligini” ta'kidlab o‘tdi.

“Qadrli janoblar, siz juda shafqatsiz odamlar, biroq ahmoq va sodda bo‘lmagan odamlar bilan ish ko‘rmoqdasiz. Ular sizdan fahmsizroq emaslar va kim kimdan o‘z maqsadlarida foydalanayotgani hali noma'lum”, deb aytdi Putin.

Putin “IShID”ga qarshi kurashda sa'y-harakatlarni birlashtirishga undadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish