Jahon | 09:12 / 28.09.2015
3258
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya Ukraina suverenitetini hurmat qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kreml Ukraina suverenitetini hurmat qilishini ta'kidladi.

Charli Rouzning u bilan CBS va PBS telekanallari uchun o‘tkazgan intervyusining stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
“Biz boshqa davlatlar ham Ukrainaning hamda boshqa bir qator davlatlarning suverenitetini hurmat qilishini istar edik”, - dedi u.

Putinning fikricha, bu hurmat davlat to‘ntarishlariga aralashmaslikda, konstitutsiyaga va rasmiy hukumatga qarshi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligida ko‘rinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish