Jahon | 15:25 / 28.09.2015
7023
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: Suriyadagi jangarilarga qarshi kurashish ularning Rossiyaga qaytishini kutishdan yaxshiroq

Rossiya uchun Sobiq Ittifoq hududidan chiqib, Suriya hududida urush olib borayotgan jangarilar bilan kurashish ularning ortga qaytishini kutishdan yaxshiroq. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikaning CBS va PBS telekanallari uchun jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida shunday dedi.

“Sobiq Ittifoq davlatlaridan chiqqan 2 mingdan ziyod jangarilar hozir Suriya hududida. Ularning ortga qaytishi xavfi bor, - dedi Rossiya prezidenti. – Ularning biz tomonga qaytishini kutgandan ko‘ra, Asadga yordam berib, Suriya hududida jangarilarga qarshi kurashgan afzal”.

Putin ushbu holat Rossiyaning Asadga yordam berayotganidagi asosiy omil ekanini aytib o‘tdi.

Ayni paytda, Putin Rossiyaning Suriya yoki boshqa mamlakatlar hududida urush harakatlarini olib bormasligini aytib o‘tdi. Rossiyalik diplomatlar ham Suriya prezidenti Bashar Asad bilan, ham boshqa davlatlardagi hamkorlar bilan qanday qilib ishlarni jadallashtirish ustida doimiy ravishda ish olib bormoqda.

Putin Suriya Arab Respublikasining prezidentini lavozimdan olib tashlashni chanqoqlik bilan xohlayotgan barcha kuchlarga mazkur istakni Suriya xalqiga qo‘yib berishni tavsiya qildi, chunki faqat Suriya xalqigina mamlakat ichkarisida turib, davlatni kim va qanday tamoyillar asosida boshqarishni hal qilish huquqiga ega ekanini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish