Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Afrikadagi nochor davlatlarning 20 mlrd dollarlik qarzini kechib yubordi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya muhtoj davlatlarga yordam berganda ularga hech qanday siyosiy modellarni suqishtirmasligini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.
Lavrov “Rossiyaning global darajada xalqaro rivojlanishga ko‘mak berish sohasidagi muhim vazifasi kambag‘allikni yo‘q qilishdan iboratligini” ta'kidlab o‘tdi.
“Bu sa'y-harakatlarda samarali tayanchlardan biri qarz yukini yengillashtirish hisoblanadi. Rossiya katta qarzdorlikka ega nochor davlatlar bo‘yicha tashabbus doirasida faqatgina Afrika davlatlarining o‘zidanoq 20 mlrd dollardan ko‘proq asosiy qarzini kechib yubordi”, deb aytdi Lavrov.
Lavrov Rossiya tomonidan xalqaro rivojlanishga ko‘maklashish hajmi oshayotganini ta'kidlab o‘tdi. “O‘tgan yili bu ko‘mak 20 foizdan ko‘proqqa oshdi. BMT tizimi bo‘yicha 127 mln dollar taqdim qilindi, Rossiyaning xorijiy davlatlarga iqtisodiy hamkorlik va rivojlanishni tashkil etish uslubi bo‘yicha ko‘rsatgan yordami 875 mln dollarni tashkil qildi”, deb aytdi Lavrov.
Lavrovning aytishicha, Moskva “xalqaro rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘p tomonlama sa'y-harakatlarda o‘zining ishtirokini davom ettiradi”.