Jamiyat | 17:29 / 28.09.2015
3782
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada ilk marta reklama uchun hijob kiygan qiyofadan foydalanildi

Shvetsiyaning H&M feshn-reteyleri o‘z mahsulotlarining reklamasida ilk marta hijob kiygan qiyofadan foydalandi. 23 yoshli Mariax Idrissiy Close the Loop kompaniyasining yangi yuzlaridan biriga aylandi. Kompaniyaning bu boradagi devizi «Modada hech qanday qoidalar bo‘lmaydi» degan ma'noda yangramoqda, deb yozadi Metro nashri.

Tanlab olingan londonlik modelning asli kelib chiqishi pokiston-marokashlik ekani qayd etib o‘tilgan.

«Avvaliga butun dunyo moda namoyishlari hijob kiygan qiyofani so‘zsiz rad qilishsa kerak degan o‘y yurardi menda», – deya o‘z fikrini bildirib o‘tgan 17 yoshidan boshlab hijobga o‘ranishni boshlagan Idrissiy.

Ma'lumot uchun, H&M (Hennes & Mauritz) – kompaniyasi Yevropadagi turli xil ko‘rinishdagi kiyim-kechaklar sotishga mo‘ljallangan do‘konlar tarmog‘i hisoblanadi. Hozirgi kunda mazkur brendning 49ta mamlakatda o‘z do‘konlari mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish