Jahon | 21:56 / 28.09.2015
2345
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy BMT qoshida 1 mlrd dollarlik jamg‘arma tashkil etadi

Si Tszinpin Xitoy BMT homiyligida 1 mlrd dollar kapitalga ega bo‘lgan jamg‘arma tashkil etilishini ma'lum qildi.

Xitoy rahbarining ma'lum qilishicha, bu mablag‘ BMTga keyingi 10 yil davomida berib boriladi.

"Xitoy hamisha davlatlarning rivojalanishini yoqlab ovoz beradi", dedi Si Tszinpin.

Biroz oldinroq, Xitoy Afrika Ittifoqiga 100 mln dollar berishi haqida xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish