Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston “Tolibon” jangarilari Qunduz shahrini bosib olganini tasdiqladi
Afg‘oniston “Tolibon” jangarilari mamlakat shimolidagi Qunduz shahrini bosib olishgani va bu AQSh harbiy yordami ko‘rsatilayotgan 2001 yildan beri ular tomonidan bosib olingan ilk yirik shahar ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Afg‘oniston ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili “Qunduz shahri toliblar qo‘liga o‘tdi”, deb ma'lum qildi.
Jangarilar 28 sentabr kuni ertalab shaharga katta kuch bilan hujum qilib, dastlab sud binosi, shifoxona va boshqa hukumat binolarini bosib olgan.
“Chegarasiz shifokorlar” xalqaro tibbiy-insonparvarlik tashkilotida ma'lum qilinishicha, bosib olingan shifoxonada 100dan ortiq jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilgan.
Qunduzning boy berilishi Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari uchun jiddiy zarba bo‘ldi, ular o‘tgan yil oxiridan faqatgina mashg‘ulot o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlashga o‘tgan AQSh va NATOning cheklangan yordami bilan toliblarga qarshi qiyinchilik bilan kurashmoqdalar.
Avvalroq toliblar Qunduzdagi qamoqxonadan yuzlab mahbuslarni ozod etganlari ma'lum qilingandi.