Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston armiyasi Qunduzni ozod qilish uchun harbiy harakatlarni boshladi
Afg‘oniston armiyasi 28 sentabr kuni Qunduz shahrini egallab olgan "Tolibon" jangarilarga qarshi harbiy harakatlarga kirishdi.
"Harbiy ko‘mak yetib keldi va biz shaharni ozod qilishga kirishdik", deb ma'lum qildi Afg‘oniston Mudofaa vazirligidagi manba.
29 sentabr kuni ertalab berilgan xabarlarga ko‘ra, qo‘shinlar jangarilarni shahar turmasi va Qunduz qiloyati politsiya boshqarmasi binosidan surib chiqargan.
28 sentabr kuni yuzlab jangarilar shaharga bostirib kirgan va kechga borib, ular shahar maydoniga o‘z bayroqlarini o‘rnatishgan.
Ma'lumot uchun, Qunduz shahri muhim strategik yo‘llar kesishmasida joylashgan bo‘lib, viloyat Tojikiston bilan chegaralarga ega hisoblanadi. Bu shaharda 100 ming atrofidagi aholi yashaydi.
"Tolibon" tomonidan amalga oshirilgan huju keyingi 14 yil ichidagi eng keng ko‘lamlisi bo‘ldi.
Ushbu hujum vaqtida 4 nafar askar halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. To‘qnashuvlar paytida o‘ldirilgan jangarilar miqdori aniq emas.
Avvalroq toliblar Qunduzdagi qamoqxonadan yuzlab mahbuslarni ozod etganlari ma'lum qilingandi.