Jahon | 21:38 / 29.09.2015
2076
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva maktablarida keksalar uchun sinfxonalar ochiladi

Keksalar uchun o‘quv dasturlari Moskvada, umumta'lim maktablari qoshida tashkil etiladi. Bu haqda jurnalistlarga Moskva davlat dumasining ta'lim bo‘yicha komissiyasi vakili Anton Molev ma'lumot bergan.

“Bu tizimda qariyalar uchun maxsus maktablar ochish ehtimoli ham yo‘q emas. Nafaqadagilarning maktablar bilan aloqasi yaxshi omillarga sababbo‘lishi mumkin. Bu yangi avlod bilan munosabat negizini mustahkamlaydi”, - dedi Molev.
Deputatning qayd etishicha, bu kabi e'tibor ta'lim sohasini rivojlanishiga xizmat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish