Jamiyat | 16:46 / 29.09.2015
2810
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada haydovchisiz avtobuslar paydo bo‘ladi

Wepod haydovchisiz avtobuslari olti nafargacha yo‘lovchini tashib, mobil ilova orqali boshqarilishi mumkin. Yangi jamoat transporti haqida The Telegraph xabar tarqatdi.

Hozircha WEpod ustida sinovlar o‘tkazilmoqda, ular muvaffaqiyatli yakuniga yetsa, haydovchisiz avtobuslar 2015 yilning noyabr oyidan Niderlandiyaning Vageningen va Ede shaharlari o‘rtasida qatnay boshlaydi. Keyingi yildan esa mamlakatdagi boshqa yo‘nalishlar bo‘ylab ham haydovchisi yo‘q avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Wepod avtobuslarining eng yuqori tezligi soatiga bor-yo‘g‘i 25 kilometrni tashkil etadi. Unga lazerli datchiklar, radarlar, kameralar va GPS-modullari o‘rnatilgan.Birinchi bosqichlarda avtobuslar tirband ko‘chalarda, tunda va noqulay ob-havo sharoitida harakatlanmaydi.

Haydovchisiz avtobusni boshqarish uchun yo‘lovchilar faqatgina mobil ilova yordamida ko‘zlangan manzilni kiritishlari talab qilinadi. Kelgusida avtobuslar yanada mustaqilroq bo‘lib, ularning ishini esa operatorlar kuzatib borishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish