Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: Rossiya va AQSh Suriyadagi harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olishdi
AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin harbiylarning Suriyadagi potensial harbiy amaliyotlar vaqtida o‘zaro qarama-qarshilikka borib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi muzokaralarni o‘tkazishiga kelishib olishdi. Bu haqda Reuters agentligi Oq uy ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.
“Obama va Putin 28 sentabr kuni o‘z harbiylarini Suriyadagi potensial amaliyotlar vaqtida o‘zaro qarama-qarshilikka duch kelishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida muzokaralarni olib borishga yo‘naltirishga kelishib olishdi”, - dedi AQSh rasmiy vakili.
Bundan avvalroq Putin va Obama o‘rtasidagi uchrashuv rejalashtirilgandan ikki barobar uzoqroq davom etgani xabar qilingan edi. Suhbat uchun 55 daqiqa belgilangan bo‘lsa-da u 1 soatu 40 daqiqa davom etdi.