Jahon | 10:26 / 29.09.2015
4955
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: AQSh Yanukovich dushmanlariga 5 mlrd dollar sarfladi

AQSh Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning dushmanlarini qo‘llab-quvvatlashga 5 mlrd dollar sarfladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Charli Rouzning CBS va PBS telekanallari uchun olgan intervyularining ruscha stenogrammasi Kreml rasmiy saytida chop etildi.
Ilgariroq Putin shu intervyu doirasida Yanukovichning raqiblarini kim qo‘llab-quvvatlagani Rossiyaga juda yaxshi ma'lum ekanligini ta'kidlagani xususida axborot berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish