Jahon | 12:54 / 29.09.2015
4210
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: AQShning IShIDga qarshi olib borayotgan harakatlari samaradorligi past

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning IShIDga qarshi olib borayotgan kurashi kam samaradorlikka ega ekanini aytib, mazkur yo‘nalishda tashnalanayotgan qadamlar yetarli emasligi sababli Rossiya davlatlarga kuchlarni birlashtirishni taklif qilayotganini qayd etdi.
“Mazkur xavfga qarshi kurashda jiddiy qadamlar haqiqatdan ham kam. Samarali qadamlarni tashlayotganlar juda oz. Amerikalik hamkorlarimizning samarali harakatlari to‘g‘risida Pentagonning Qo‘shma Shtatlar Senati oldida qilgan hisobotidan eshitdik. Qo‘lga kiritilgan natijalarning yetarli emasligini ochiqchasiga aytish kerak. Shu sababli biz hamkorlik qilishni, kuchlarni birlashtirishni taklif qilayapmiz”, - dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikaning CBS va PBS telekanallari uchun jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida.
Putin Rossiya AQSh bilan terrorizmga qarshi kurash masalasida hamkorlikni davom ettirishni, biroq bugungi vaziyat o‘zaro yanayam yaqinroq ish olib borishni taqozo etayotganini ta'kidlab o‘tdi.
“Biz shusiz ham mazkur yo‘nalishda ko‘plab mamlakatlar, jumladan, AQSh bilan hamkorlik qilganmiz va harakatni davom ettiramiz. Biz doimiy ravishda maxsus xizmatlarning hamkorlik kanallari orqali, hossatan Amerika fuqarolari va Qo‘shma Shtatlar hamda AQSh chegaralaridan tashqarida xavfsizlikni ta'minlashga hissamizni qo‘shish maqsadida, o‘z hamkasblarimizga Amerika maxsus bo‘linmalari uchun zarur bo‘lgan axborotlarni yo‘naltirganmiz. Biroq bugungi muvofiqlashtirish darajasi yetarli emas, bir-birimiz bilan yanada yaqinroq ish olib borishimiz kerak”, - dedi Putin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish