Jahon | 10:58 / 29.09.2015
5902
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Obama va Olland Asad taqdirini hal etishga haqli emas

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shuni ma'lum qiladiki, u yuqori hurmat ila AQSh va fransiyalik hamkasblariga Suriya prezidenti Bashar Asad taqdirini hal qilmasliklarini so‘ragan.

"Men AQSh va fransiyalik hamkasblarimga chuqur hurmat nazari ila qarayman. Ammo nazarimda ular Suriya Respublikasi fuqarolari emas, shu bois o‘zga hukumat taqdiriga aralashishlariga mutlaqo haqli emaslar. Bu suriyaliklarning o‘z ishidir", — dedi Putin ikki yil orasida ilk marta Barak Obama bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

"Albatta, ziddityalar chuqur va qonli. Shu bois men rasmiy hukumatning qo‘llab-quvvatlashi orqali terrorga zarba berishni va parallel ravishda siyosiy o‘zgarishlar va siyosiy jarayonlarni olib borishni nazarda tutyapman. Prezident Asad bunga rozi” – deb gapiga qo‘shimcha qildi Putin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish