Jahon | 08:54 / 29.09.2015
2422
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya Suriyadagi ixtilofni bartaraf etishda qonuniy asosda ishtirok etadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya, AQSh va Avstraliya tomonidan Suriyada aviazarbalarning amalga oshirilishini noqonuniy deb hisoblaydi. Rossiya esa o‘zining ushbu ixtilofni bartaraf etishda ishtirok etishi faqat xalqaro me'yorlar asosida bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bu haqda u BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida bayonot berdi.
“Darhaqiqat, hozir Suriyada turgan Fransiya, Avstraliya va AQSh harbiy samolyotlarining Iroq hududida aviazarbalarni amalga oshirishini xalqaro huquqiy aktlarga muvofiq deb hisoblasa bo‘ladi, negaki bu Iroq hukumatining murojaati asosida IShIDning pozitsiyalari bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Ammo Suriya hududiga nisbatan bunday ish noqonuniy amalga oshirilmoqda, negaki Xavfsizlik kengashining bu boradagi qarori ham, Damashqdagi rasmiy hukumatning murojaati ham yo‘q”, - dedi u o‘z chiqishida.
“Bizning ishtirokimizga kelsak, biz buning ustida mulohaza yuritmoqdamiz, agar harakat qilsak, xalqaro huquq me'yorlariga to‘la rioya qilgan holda harakat qilamiz”, - qo‘shimcha qildi Putin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish