Jahon | 22:58 / 29.09.2015
2629
2 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiya maktablarining birida o‘quvchilar har kuni 1,6 km.ga yugurishadi

Shotlandiya boshlang‘ich maktablarining birida qabul qilingan qoidaga muvofiq o‘quvchilar semirib ketishdan aziyat chekishmiyapti, deb xabar beradi The Sun.

Shotlandiyaning Sterling shahrida joylashgan maktabda uch yil oldin qabul qilingan qoidaga muvofiq o‘quvchilar har kuni 1, 6 km yugurishlari shart. Ob-havo qanday bo‘lishidan qat'i nazar o‘qituvchilar ularni yugurishga majbur qilishadi. Maqsad — ularning jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lishlari va sinfda diqqatlarini jamlashga yordam berish.
Mutaxassislar bu reja o‘z natijasini berdi, deb hisoblashmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, bu qoidani mamlakatning barcha maktablariga joriy etish kerak.

Bu islohotning natijasini ko‘rgan Sterlingdagi 30 ta o‘quv dargohi ana shu qoidaga amal qila boshladi. Tadqiqotchilarning olib borgan oxirgi izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, mamlakatda maktab yoshiga yetmagan 4-5 yoshli har 10 nafar bolaning bittasi semirishdan aziyat chekmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish