Texnologiya | 23:18 / 29.09.2015
2248
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada Betmen sharafiga soat yasaldi

RJ-Romain Jerome Shveytsariya kompaniyasi DC-Comics komikslarining superqahramoni sharafiga Spacecraft: Batman soatlarini chiqardi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berilgan.

Yangilik 2013 yilda soatlar dizayneri Erik Jiru (Eric Giroud) va soatsoz usta Jan-Mark Viderrext (Jean-Marc Wiederrecht) hammuallifligida yaratilgan brend RJ-Romain Jerome — Spacecraft asosida yasalgan. Korpusi titandan yasalgan va PVD bilan qoplangan, kosmik kemani eslatuvchi bu soat raqamlari nur taratuvchi sapfirli shishadan yasalgan hamda modelning yon qismlariga joylashtirilgan. Daqiqalarni ko‘rsatuvchi millar esa aylanuvchi disk yordamida siferblatda kelib chiqadi.

Spacecraft: Batman 75 nusxada chiqarilgan. Undagi qizil rangda emas, balki moviy rangda nur sochadi. Soatning orqa qopqog‘ida Betmenning ko‘rshapalakli belgisi tasviri tushirilgan. Tasmalari ko‘k rangli chokdan iborat qora charmdan tayyorlangan. Luxurylaunches ning aniqlik kiritishicha soat narxi 33 ming dollarni tashkil etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish