Sport | 23:14 / 29.09.2015
2105
1 daqiqa o‘qiladi

Tashkent Open - 2015. Nigina Abduraimova g‘alaba bilan boshladi

Avval xabar qilganimizdek, poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida "Tashkent open - 2015" xalqaro turnirining asosiy to‘r bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqaning birinchi davrasida hamyurtimiz Nigina Abduraimova xorvatiyalik Petra Martich bilan o‘zaro bahs olib bordi. Bir soat va 21 daqiqa davom etgan mazkur bellashuvda Nigina 6:4, 6:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Musobaqaning nimchorak finalida Nigina Abduraimova shveysariyalik Stefani Vogel hamda shvetsiyalik Yoxanna Larsson uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Manba : sports.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish