Jahon | 06:41 / 29.09.2015
2450
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri Bashar Asadsiz Suriyani ko‘rishni istaydi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Suriya prezidenti Bashar Asadning mamlakatdagi qarama-qarshilikni bartaraf etish davri jarayoniga qatnashmasligi zarurligini aytib o‘tgan. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

“Asad Suriyadagi inqirozning bosh sababchisidir. U insoniyatga qarshi jinoyat qildi. O‘tish jarayoni Asadsiz va mana shu jinoyatlarni qilgan guruhlarsiz bo‘lishi zarur”, — dedi u.

Dovudo‘g‘li bu haqda BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi davomida aytib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish