Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Saudiya Arabistoni Asadni qo‘llab-quvvatlashga ko‘nmadi
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Nyu-Yorkda ittifoqchilari bilan muzokaralardan so‘ng Putinning taklifini “paxtavon o‘q uzish”ga tenglashtirdi.
“Rossiya hamda uning hammaslaklariga hurmatimni izhor qilgan holda shuni aytishim lozimki, Asadning Suriyada kelajagi yo‘q, - dedi u.
– Agar Rossiya darhaqiqat IShIDga qarshi kurashga qiziqayotganida edi, u allaqachon mavjud xalqaro koalitsiyaga qo‘shilgan bo‘lar edi. Ammo Rossiya qo‘shinlarining Suriyada joylashtirilishi radikallarga qarshi kurashishga emas, Asad hokimiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandir”.
Al-Jubayr Suriyadagi vaziyatni yumshatishning ikki yo‘lini tilga oldi: saylovlarga tayyorgarlikni amalga oshiradigan muvaqqat kengash yaratish yoki harbiy choralar ko‘rish. Tanlovni esa, uning fikricha, Damashq amalga oshiradi.
Vashington pozitsiyasi esa biroz o‘zgardi. U ilgarigiday Bashar Asadning chetlashtirilishi tarafdori, ammo bu jarayonning tezkorlik bilan emas, balki bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga rozi bo‘lmoqda.
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Asadning darhol almashtirilishi Suriya jamiyatida “portlash”ni keltirib chiqarishi va vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkinligini aytib o‘tdi.