Sport | 09:23 / 30.09.2015
2002
1 daqiqa o‘qiladi

Arsen Venger: guruhdan chiqishimiz mumkin, lekin bu qiyin bo‘ladi

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger YeChlning 2-turida "Olimpiakos"dan uchralgan mag‘lubiyat bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Albatta, guruhdan chiqish uchun harakat qilib ko‘rsa bo‘ladi, ammo bu ish endi ancha qiyinlashdi. Biz e'tiborni susaytirib yubordik va endi omad bizdan yuz o‘girmoqda.

Raqibimiz darvozaga to‘rt marta zarba berdi va shulardan uchtasi gol bilan yakunlandi.

2:2 bo‘lib turgan paytda yana gol o‘tkazib yubordik. Agar hech bo‘lmasa durang hisob besh daqiqa saqlanib turganida, biz g‘alabaga erishardik.

Darvozabon 2-golda xato qilgan bo‘lishi mumkin. Lekin Ospinaning o‘rnida Chex bo‘lganida ham xato qilishi mumkin edi", - deydi Venger.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish