Jamiyat | 16:25 / 30.09.2015
5672
2 daqiqa o‘qiladi

Asli qozog‘istonlik bo‘lgan politsiyachi AQShda mashhurlikka erishdi

Bruklin (Nyu-York, AQSh) metrosi yaqinida asli qozog‘istonlik bo‘lgan politsiyachi Doniyor Nurtazo ko‘chada farzandini dunyoga keltirayotgan ayolga tug‘ruq jarayonida ko‘maklashdi.

“Tez tibbiy yordam” va politsiya ayolni 27 sentabr kuni ertalabki 5:30larda metro yaqinida topishgan, deya xabar tarqatdi NYDailynews.com.

“Biz uning oldiga yetib borganimizda ayol feldsher yordamida farzandini dunyoga keltirgan ekan. Men tezlik bilan tez tibbiy yordam mashinasiga borib, unga kerakli asbob-uskunalarni olib berdim. Barchasi juda tez sodir bo‘ldi va sodir bo‘layotgan voqealarni anglab olishga ham ulgurmadim. Ulgurganimizdan baxtiyorman”, - deya Nurtazo o‘z hissiyotlarini ulashgan.

Nurtazo AQShda 2002 yildan buyon yashab kelmoqda. U 2008 yilda Amerika fuqaroligini olib, 2010 yilda politsiyaga ishga kirish uchun imtihon topshirgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, u to‘laqonli qonun himoyachisiga aylangan.