Jahon | 18:25 / 30.09.2015
4267
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyadagi eng mo‘ydor qo‘y jahon rekordini o‘rnatdi

Avstraliyadagi eng mo‘ydor qo‘y Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda The Canberra Times nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, uning ustidan 41.1 kg mo‘y qirqib olingan. Bu natija yangi rasmiy rekord bo‘ldi. Ilgarigi rekord muallifi – Big-Ben laqabli qo‘yning natijasi 28.9 kg edi.
Kris laqabli yangi rekordsmenning “sartaroshi” to‘rt karra Avstraliya chempioni Yyen Elkinsdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish