Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Rossiyadan Asad muxoliflariga zarbalar berilmaganini tasdiqlashini so‘ramoqda
Buyuk Britaniya Rossiyaning Rossiya harbiy-havo kuchlari Suriyada prezident Bashar Asad tuzumining muxoliflariga emas, balki aynan “IShID” terrorchilik guruhiga zarbalar berganini tasdiqlashiga umid bildirmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond aytib o‘tdi.
“Jahon hamjamiyati Rossiyadan amalga oshirilgan zarbalar Asad tuzumining muxoliflariga emas, balki “IShID”ga qarshi berilganini tasdiqlashini kutib qoladi”, deb ta'kidlab o‘tdi Xammond.
Shu bilan birga Xammond “Rossiya o‘z e'tiborini Suriyada “IShID”ga qarshi kurashishga qaratishga qaror qilganini ijobiy qarshilashini” aytdi.