Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashq Rossiyadan harbiy yordam so‘raganini tasdiqladi
Suriya axborot vazirligi Damashq Rossiyadan harbiy yordam so‘raganini tasdiqladi. Bu haqda vazirning siyosiy maslahatchisi Ali al-Ahmadiy “Rossiya 24” telekanali efirida ma'lum qildi.
“Rossiya hukumati Suriya armiyasiga yordamga kelsa, ayniqsa harbiy havo kuchlarini olib kelsa, bu Suriya armiyasiga mamlakatni saqlashda jiddiy yordam bo‘ladi. Bu Suriya hukumatining iltimosiga ko‘ra amalga oshirilmoqda”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qurolli kuchlarni mamlakat tashqarisida qo‘llash haqidagi so‘rovnoma Federatsiya kengashi tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.