Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Global raqobatbardoshlik reytingiga O‘zbekiston kirmadi
Xalqaro iqtisodiy forum (WEF) tashkiloti tomonidan tuzilgan yangi raqobatbardoshlik indeksi e'lon qilindi. Uning natijalari tashkilotning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Reytingda birinchi o‘rinni Shveytsariya egalladi. Ushbu mamlakat iqtisodiyoti 5.8 ballga ega bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarga Singapur va AQSh sazovor bo‘ldi. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Germaniya, Niderlandiya, Yaponiya, Gongkong, Finlyandiya, Shvetsiya va Birlashgan Qirollik kirdi.
Indeksga kirgan 140 davlat ichida oxirgi o‘rinni Gvineya egalladi. Afrikaning Malavi, Burundi, Serra-Leone, Mavritaniya, Chad singari davlatlari unga nisbatan biroz yaxshiroq natija qayd qildi.
O‘rta Osiyo mintaqasidan indeksga O‘zbekiston va Turkmaniston kiritilmadi. Qozog‘iston 42, Tojikiston 80, Qirg‘iziston 102-o‘ringa qo‘yildi.