Jahon | 19:19 / 30.09.2015
8673
1 daqiqa o‘qiladi

Independent: G‘arb Putin bilan kelishuvga erishmasa, ahmoqlikka qo‘l urgan bo‘ladi

Suriyadagi ijtimoiy inqiroz — Rossiyaning G‘arb bilan munosabatlarini “qayta yuklab olishi” uchun eng maqbul fursat, deya yozmoqda The Independent`dagi maqolada London Evening Standard va Independent nashrlari egasi hisoblangan Yevgeniy Lebedev.

Uning fikricha, Putinning BMTdagi chiqishi va uning Obama bilan uchrashuvi, bu — G‘arb, ayniqsa Amerikaga taklifdir.

Undan voz kechish, qayd etmoqda muallif, “tarixiy miqyosdagi” xato bo‘lib, Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarni qayta tiklash imkonining yo‘qotilishidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish