O‘zbekiston | 08:43 / 30.09.2015
10123
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov: Faqat don va paxta yetishtirish bilangina yuqori darajadagi rivojlanish va farovonlikka erishib bo‘lmaydi

Faqatgina don va paxta yetishtirish bilan yuqori darajadagi rivojlanish va farovonlikka erishib bo‘lmaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida joylashgan “Baraka” fermer xo‘jaligida o‘tgan suhbatda aytib o‘tdi.

“Ilgari dehqon faqat paxta yetishtirib, uni zavodga topshirishni, rejani bajarishni o‘ylar edi. Paxtaning navi, sifati, keltiradigan daromadi hech kimni qiziqtirmas edi, - dedi u. – Bugun sifatli paxta yetishtirishdan birinchi navbatda fermerlarning o‘zlari manfaatdor. Paxta xom ashyosi qanchalik sifatli bo‘lsa, daromadi ham shunchalik baland bo‘ladi”.

“Doimiy qidiruvda bo‘lish, yangi maqsadlarga intilish zarur, - so‘zida davom etdi O‘zbekiston yetakchisi. – Qishloqlarda zamonaviy sanoati korxonalari sonini ko‘paytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining struktur yangilanishi davom ettirish darkor. Biz kecha orzu qilgan maqsadlarimizga bugun erishmoqdamiz.

“Islohotlar islohot uchun emas, inson manfaatlari uchun” oliyjanob prinsipining realizatsiyasini bizning vatandoshlarimiz hayotida ko‘rish mumkin”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish