Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerri AQShning Asad bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarganini tan oldi
AQSh davlat kotibi Jon Kerri AQShning Suriya prezidenti Bashar Asad masalasiga yondashuvi o‘zgarganini tan oldi. Bu haqda CNN kanali xabar bermoqda.
Telekanalga bergan intervyusida u Rossiya va AQShning Yaqin Sharqdagi hamkorligiga to‘xtalar ekan, Asad o‘tish davrida prezidentlikni tark etishi lozimligini yana bir bor takrorladi. Ilgariroq rasmiy Vashington Asadni darhol ketkazish zarurligini qo‘llab-quvvatlab chiqayotgan edi.
Kerri Asadning darhol almashtirilishi Suriya jamiyatida ichki portlashni keltirib chiqarishi mumkinligini, bu esa vaziyatni yanada murakkablashtirishini ta'kidladi.