Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:36 / 30.09.2015
2540
1 daqiqa o‘qiladi
Kiyevda Moskva bilan bog‘liq ko‘chalar nomi o‘zgartiriladi
Ukraina rahbariyati Kiyevdagi Moskva bilan bog‘liq toponimiyani o‘zgartirishga qaror qildi, deb xabar beradi Ukrainaning “Vesti” gazetasi.
Byudjyet komissiyasi bu boradagi to‘rt loyihani qo‘llab-quvvatladi. Ular parlamentning tez kunlarda bo‘ladigan sessiyalaridan birida muhokamaga kiritiladi.
Ularga ko‘ra, Moskovskaya ko‘chasi Staropechyorskayaga o‘zgartiriladi; Moskva ko‘prigi uning me'mor Georgiy Fuks nomi bilan aytiladi; Moskovskaya maydoni Demeyevskaya, Moskva shohko‘chasi esa Kurenevskiy deb o‘zgartiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish