Jahon | 17:47 / 30.09.2015
7862
2 daqiqa o‘qiladi

Litovkin: AQSh Suriyada osh pishirdi, endi uni o‘zi yeyishi kerak

Rossiya harbiylaridan xorijda foydalanish qarori to‘g‘ridir. Bu haqda harbiy tahlilchi Viktor Litovkin Sputnik agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Qonunan saylangan prezident Bashar Asadni qo‘llash bu, bir tarafdan, bizning burchimiz, ikkinchi tarafdan esa, Rossiyaning O‘rta Yer dengizi mintaqasida qolishi uchun imkoniyatdir, - dedi u. – U har doim ishonchli hamkor bo‘lgan Suriya bilan aloqalarni davom ettirishi lozim”.
Litovkining fikricha, xalqaro terrorchilik harakati to‘xtatilmasa, u Yaqin Sharqdan chiqib, Markaziy Osiyoga kirib kelishi, undan Tatariston va Boshqirdistonga o‘tishi mumkin. Ammo aviazarbalarning o‘zi IShIDni yo‘q qilishga yetarli emas.
“Amerikaliklar kuniga 50 parvoz qilib turib bu ishni amalga oshira olmadi. Bu ishni fransuzlar yoki turklar ham qila olmaydi. Yer usti operatsiyasi o‘tkazilishi shart. Ammo bu operatsiyada mintaqada joylashgan mamlakatlar – Turkiya, Iroq, Eron, Iordaniya, Suriya ishtirok etishi lozim”, - ta'kidladi ekspert.
Litovkinning fikricha, AQSh Suriyadagi vaziyatga aybdordir: “Aynan AQSh bu hudduda osh pishirdi, ular aylanib ham, o‘rgilib ham oshni ichishi lozim. Ammo Rossiya, shubhasiz, AQShga o‘z aviatsiyasi, razvedka ma'lumotlari, Yaqin Sharqdagi aloqalari bilan yordam berishi lozim”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish