Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:39 / 30.09.2015
4353
1 daqiqa o‘qiladi
Nazarboyev Obama bilan uchrashdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki rahbar savdo-iqtisodiy, investitsion va energetik sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
O‘zaro hamkorlikning mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashdagi ahamiyati qayd qilindi.