Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQŞ prezidenti Barak Obama bilan uçraşdi. Bu haqda Oq Örda matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuv çoğida ikki rahbar savdo-iqtisodiy, investitsion va energetik sohalardagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi.
Özaro hamkorlikning mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaşdagi ahamiyati qayd qilindi.