Texnologiya | 21:06 / 30.09.2015
1805
2 daqiqa o‘qiladi

Oliver Blyum Germaniyadagi Porsche rahbariga aylandi

Oliver Blyum Germaniyadagi Porsche`ning bosh direktori sifatida tayinlandi. Bu haqda kompaniya press-relizida ma'lum qilingan.

"Blyum o‘zining yangi vazifasiga 1 oktabr kunidan boshlab kirishadi", deyiladi xabarda.

U bu lavozimda avval ishlagan Mattias Myullerning o‘rnini egallagan. Myuller biroz oldinroq Volkswagen avtokonserniga rahbar sifatida tayinlangandi.

Dushanba kuni Volkswagen, Audi va Porsche`ning yangi modellar ishlab chiqaruvchilari o‘z vazifalaridan ozod qilingandi.

Mazkur ishdan bo‘shatishlarga yaqindagina avtokonsernning dizel bilan harakatlanuvchi mashinalardagi dasturiy ta'minotda aniqlangan nosozliklar sabab bo‘ldi. Shu munosabat bilan Volkswagen Audi va Porsche`dagi bir qator top-menejyerlarni ishdan bo‘shatishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Volkswagen nemis avtomobil konserni atrof-muhitga zararli moddalar chiqarilishi holatini tekshirishni aylanib o‘tishuvchi dasturiy ta'minot o‘rnatilgan 500 mingga yaqin avtomobilni sotgani uchun yirik miqdordagi jarimaga tortilishi haqida xabar qilingan edi.

Natijada mazkur avtomobillar chiqargan zararli moddalar miqdori belgilangan normalardan 10-40 barobardan oshib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish