Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik velopoygachilar Xitoyda lisenzion musobaqalarda ishtirok etadi
Bugun, 30 sentabr kuni velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining olti nafar a'zosi – bular Murod Xolmurodov, Abdulla Akbarov, Yusup Abrekov, Akrom Sunnatov, Nikita Abramov va Gleb Gorbachev Xitoy davlatiga yo‘l oladi.
O‘zbekistonlik sportchilar Xitoyda 25 noyabrga qadar o‘tkaziladigan bir yo‘la 6ta lisenzion musobaqada ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Murodjon Xolmurodov 2012 yili London (Buyuk Britaniya)da bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida vatan sharafini himoya qilgan.
Ma'lumot uchun, o‘zbekistonlik velosportchilar 1996 yili Atlanta (AQSh), 2004 yili Afina (Gretsiya), 2008 yili Pekin (Xitoy) va 2012 yili London shahrida o‘tkazilgan olimpiada o‘yinlarida ishtirok etganlar. 1996 yilgi o‘yinlarda vatan sharafini Jamoliddin Abdujabborov himoya qilgan bo‘lsa, 2004-2008-2012 yillardagi Olimpiadada Sergey Lagutin ishtirok etgan.