Jahon | 19:14 / 30.09.2015
2733
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Umid qilamanki, Asad muxolifat bilan muzokaralarga tayyor

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya rahbari Bashar Asadning muxolifat vakillari bilan gaplashishga tayyorligiga umid qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

Bundan tashqari u Asadning mamlakatdagi vaziyatni hal qilish uchun zarur yo‘llarni topishda o‘z faolligini ko‘rsatishini kutmoqda.

Rossiya prezidenti o‘z bayonotida IShID jangarilarining g‘oyalari islom diniga begona ekaniga yana bir bor urg‘u qaratgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Putin Federatsiya kengashidan Rossiya qurolli kuchlarini xorijda qo‘llashga ruxsat oldi.

Ko‘p o‘tmasdan Rossiya samolyotlari Suriyaning Xoms viloyatida ilk marta havo zarbalarini amalga oshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish