Iqtisodiyot | 12:52 / 30.09.2015
2248
1 daqiqa o‘qiladi

Ralf Loren Ralph Lauren Corporation rahbarligidan ketadi

Modeler Ralf Loren o‘zi asos solgan Ralph Lauren Corporation kompaniyasi rahbarligidan ketadi. Bu haqda The New York Times xabar bergan.

Uning o‘rniga bundan oldin H&M i Gap kompaniyasida rahbar lavozimida ishlagan Stefan Larsson kelishi aytilgan.
Ma'lum qilinishicha, Lorenning bu qaroriga kompaniya daromadlari pasayib ketgani sabab bo‘ldi.

Dizayner kompaniya direktorlari kengashi tarkibida qolishi yoki yangi g‘oyalar bo‘limida ishlashi mumkin.

"Menimcha, bu bir qadam ortga chekinish emas, faoliyatdagi yangi bosqichdir", deydi u.

Ma'lumot uchun, Ralf Loren o‘z kompaniyasiga 1996 yilda asos solgan. 2014 yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya daromadi 7,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Operatsion foyda 1,1 mlrd dollarga teng bo‘lgan. Kompaniya aktivlari bahosi 6 mlrd dollar, xususiy kapital esa 4 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish