Jahon | 20:00 / 30.09.2015
6496
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada aviazarbalar berishni boshlaganini tasdiqladi

Rossiya harbiy-koinot kuchlari samolyotlari Suriya hududida “IShID” jangarilarining pozitsiyalariga aviazarbalar berishni boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Rossiya 24” telekanali.

“Rossiya Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Vladimir Putinning qaroriga muvofiq, Rossiya harbiy-koinot kuchlari samolyotlari bugun Suriya Arab Respublikasi hududida “IShID” terrorchilik guruhining quruqlikdagi pozitsiyalariga zarbalar berish bo‘yicha havo operatsiyasini boshladi”, deb aytdi Konashenkov.

Qayd etilishicha, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bo‘yicha o‘z hamkasblarini Rossiya samolyotlari “IShID” jangarilariga tegishli harbiy texnika, aloqa bo‘g‘inlari, transport vositalari, qurol-aslaha, o‘q-dori va yoqilg‘i-moylash omborlariga zarba berayotganidan xabardor qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish