Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Qunduzdagi hodisalar munosabati bilan chegaradagi nazoratni kuchaytirdi
Tojikiston so‘nggi ikki kun davomida Afg‘oniston bilan chegaradosh Qunduz provinsiyasida bo‘lib o‘tayotgan hodisalarni diqqat bilan kuzatib bormoqda, deya xabar qildi RIA “Novosti” mamlakatning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayev ma'lumotiga asoslangan holda.
Qunduz provinsiyasining markazi bo‘lgan shu nomdagi shahar 28 sentyab kuni Afg‘oniston “Tolibon” jangarilari tomonidan bosib olingan edi. 29 sentabr kuni erta tongda Afg‘oniston Mudofaa vaziri Qundaz shahrini jangarilardan ozod qilish amaliyoti boshlanganini ma'lum qildi. Biroq 300 ming aholi istiqomat qiladigan shaharni ozod etishga bo‘lgan birinchi urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
“Chegara nazorat ostida, chegara qo‘shinlari shay holatga keltirilgan bo‘lib, barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan”, - dedi Ulug‘xo‘jayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tojik chegarachilari murakkab sharoitlarga chegaralarni qo‘riqlash tajribasiga ega. Qayd etilishicha, 2015 yilda Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida qurollangan shaxslar va jangarilar sonining ortgani kuzatilgan.
Mamlakat Afg‘oniston bilan 1344 kilometrlik chegaraga ega.Qunduz esa Tojikistonning Xatlon viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish yo‘liga ega muhim strategik nuqta hisoblanadi.