Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Rossiya aviatsiyasining Suriyadagi operatsiyasini qo‘llab-quvvatladi
Rossiya hukumatining Suriyada IShIDga qarshi kurash doirasida o‘z harbiy havo kuchlarini qo‘llash haqidagi qarori juda vaqtida qabul qilindi, deb hisoblaydi Tojikiston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar markazi direktori o‘rinbosari Sayfullo Safarov.
“Prezident Putin Suriyada o‘z qurolli kuchlaridan foydalanish to‘g‘risida o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qildi ”, - deb ta'kidladi u RIA Novosti muxbiri bilan muloqot chog‘ida.
Uning fikricha, arab dunyosini, xususan, Suriya va Iroqni “IShID nomli zararkunandadan tozalash” payti keldi: “Bu xalqaro terrorchi guruhning yo‘q qilinishigina insoniyat va dunyoning qutulishining asosiy shartidir”.