Jamiyat | 19:49 / 30.09.2015
5437
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik erkak shifoxonada 47 yil yashagandan keyin olamdan o‘tdi

Turkiyalik erkak shifoxonada 47 yil yashagandan keyin halok bo‘ldi. Bu haqda The Guardian nashri ma'lum qildi.

Abdulla Ko‘zan ismli bu erkak nafas siqishi (astma) va qand kasalligidan aziyat chekkan va 1968 yilda harbiy xizmatni o‘tayotgan paytda qattiq bosh og‘rig‘i bilan birinchi marta gospitalga yotqazilgan.

Shifoxona rahbariyati Ko‘zanga “boradigan joyi bo‘lmagani va shifoxona xodimlari bilan yaxshi muomalada bo‘lgani” uchun o‘z palatasida qolishga ruxsat bergan.

Shifoxona ma'muriyati Ko‘zan shifoxonadan chiqishi kerak bo‘lgan har gal uni yangi bemor sifatida qabul qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish