O‘zbekiston | 12:58 / 30.09.2015
3955
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri oktabrda O‘zbekistonga keladi

Shu yilning oktabr oyi oxirida O‘zbekistonga Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tashrif buyuradi. Bu haqda The Japan Times nashri xabar bermoqda.
Tashrif Abening Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab turnesi doirasida amalga oshiriladi.
Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida kommunikatsion soha va infrastruktur loyihalar bo‘yicha hamkorligini kengaytirish borasida muzokaralar olib borilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, Sindzo Abe mintaqaning boshqa davlatlariga ham tashrif buyuradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish