Jahon | 10:50 / 01.10.2015
5846
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp barcha suriyalik qochqinlarni AQShdan haydab chiqarishga va'da berdi

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Donald Tramp davlat rahbarligiga saylansa, AQShdagi barcha suriyalik qochqinlarni haydab yuborishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Shuningdek, u prezident Barak Obama Iroqdagi harbiylar sonini qisqartirib, jangarilar kuchlarini jiddiy ravishda qo‘llab-quvvatlaganini ham aytib o‘tdi.

Trampning ta'kidlashicha, Iroqdagi urushga u boshlangan vaqtdayoq qarshi chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish