Texnologiya | 18:29 / 01.10.2015
3242
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook’da videoavatarlar paydo bo‘ladi

Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqning mobil ilovalarida videoli avatarlar sinovdan o‘tkazila boshlanganini ma'lum qildi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqning iOS’dagi ilovasidan foydalanuvchi Buyuk Britaniya va Kaliforniya vakillari o‘z sahifasi avatari sifatida qisqa videoni joylashtirishi mumkin bo‘ladi. Uning uzunlig taxminan 7 sekund bo‘lishi aytilmoqda. Yangi funksiya boshqa foydalanuvchilar uchun qachon ochilishi ham noma'lum qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish