Jahon | 09:05 / 01.10.2015
11869
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda Rossiya aviatsiyasi Suriyada “IShID” obektlarini yakson qilayotgani aks etgan video joylashtirildi

Rossiya Mudofaa vazirligi internetda Rossiya aviatsiyasi tomonidan Suriyadagi “IShID” obektlariga zarba berilayotgani tasvirlangan lavhalarni joylashtirdi.

Videoyozuv Mudofaa vazirligining Youtube’dagi rasmiy kanalida va Facebook’dagi sahifasida joylashtirildi “Aviatsiyaning zamonaviy qurol-aslaha bilan jihozlangan zarbdor samolyotlari “IShID”ning 8 ta obektiga zarba berdi. Bu obektlar orasida qurol-aslaha va o‘q-dori, yoqilg‘i-moylash materiallari omborlari, jangovor texnika, boshqaruv punktlari, aloqa uzellari, transport vositalari bor. Barcha nishonlar yo‘q qilindi”, deyilmoqda videoga berilgan izohda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish