Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Ippodrom" bozori aksiyalari sotuvga qo‘yiladi
Xalq orasida ko‘proq “Ippodrom” bozori nomi bilan mashhur Chilonzor buyum savdo kompleksi AJning qo‘shimcha emissiya aksiyalarining birja ochiq savdolari bo‘lib o‘tadi. Shu O‘zbekiston prezidentining 28 apreldagi 2340-sonli qarori 2-ilovasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Savdoda yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Chilonzor buyum savdo kompleksi aksiyalari Tashinvestkom xususiy korxonasi tomonidan birja ochiq savdolari orqali bir donasi 12 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Sotuvga qo‘yilgan aksiyalarning jami soni 296 501 donani tashkil qiladi.