Jahon | 21:14 / 01.10.2015
5263
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Rossiyaning Suriyada boshlagan harbiy amaliyotlarini ma'qulladi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy Rossiyaning IShID jangarilariga qarshi harbiy harakatlar boshlaganini xursandchilik bilan kutib oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

"Bu juda foydali bo‘ladi. Unutmaslik kerakki, Iroq ham IShIDni o‘zining asosiy dushmani sifatida biladi", deydi al-Abadiy.

Bosh vazir jangarilar tomonidan mavjud tahdid saqlanib qolayotgani, shu vaqtgacha ular minglab iroqliklarni o‘ldirgani, ko‘plab bolalar va ayollarni asirlikka olgani haqida eslatib o‘tdi.

"Men Putin bilan uchrashganimda Rossiyaning IShIDga qarshi kurashga qo‘shilishini so‘ragandim. Bu tashkilot nafaqat Suriya va Iroq uchun, balki butun dunyo uchun xavf tug‘diradi", deydi u.

Bundan oldinroq, Rossiya TIV agar Iroq o‘z hududidagi jangarilarga qarshi yordam so‘rasa, Rossiya tomoni bu masalani ko‘rib chiqishi haqida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish