Jahon | 09:48 / 01.10.2015
5241
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: hayotning o‘zi AQShni Asadni ketkazishni talab qilish to‘g‘ri emasligiga ko‘ndirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning fikricha, hayotning o‘zi AQShni Suriya prezidenti Bashar Asadni ketkazishni ultimativ ohangda talab qilish to‘g‘ri emasligiga ko‘ndirdi.

“O‘ylashimcha, hayot mamlakatda shunday inqiroz ketayotganda prezidentni ketkazishni talab qilish real emasligini ko‘rsatdi. Kelishish lozim. Boshqa har qanday ixtilofda – Yamanda, Janubiy Sudan yoki Liviyada – bugun Asadning ketishini talab qilayotgan g‘arblik sheriklarimiz hukumat va muxolifat o‘rtasida dialog o‘rnatilishiga chaqirgan edilar”, - dedi u AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra bergan matbuot anjumanida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish