Jahon | 20:15 / 01.10.2015
6568
1 daqiqa o‘qiladi

Makkeyn: Rossiya AQSh tomonidan tayyorlangan muxolifat pozitsiyalariga aviazarbalar berdi

Senator Jon Makkeyn CNN kanali efiri orqali chiqishida Rossiya tomonidan 30 sentabr va 1 oktabr kunlarida Suriya hududida amalga oshirilgan havo zarbalari IShID pozitsiyalariga emas, Ozod Suriya armiyasi o‘rnashgan hududlarga qarata yo‘llangani haqida ma'lum qildi.

O‘z navbatida Rossiya Mudofaa vazirligi berilgan zarbalar orqali IShID bazalari yo‘q qilingani haqida ma'lumot bermoqda.

"Men kafolat berib aytamanki, rus samolyotlari biz tomonimizdan tayyorlangan muxolif kuchlarning bazalarini bombaladi", deydi Makkeyn.

Senatorning aniqlik kiritishicha, bu axborot Senat tomonidan Suriyada tashkil etilgan qurolli kuchlar qo‘mitasidan olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish